«Tadbirkor ayollar akademiyasi» dasturiga qabul boshlandi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Tech4Impact nodavlat tashkiloti bilan birgalikda Farg‘ona vodiysidan 30 nafar ishtirokchi uchun Tadbirkor ayollar akademiyasi (AWE 2.0) dasturiga qabuli boshladi. Bu haqda AQSh elchixonasi ma’lum qildi.
Dastur kichik biznesga ega ayollarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan, rus yoki ingliz tillarini biladigan, bir yildan ikki yilgacha va undan ko‘proq faoliyat yuritayotgan barqaror biznesiga ega ayollar ishtirok etishlari mumkin.
Qo‘shimcha talablarga noutbukka ega bo‘lish, barqaror internetga kirish va motivatsiya xati bilan birga ariza topshirishga tayyorlik kiradi.
Arizalarni qabul qilish 20-oktabrda yakunlanadi.
Ariza topshirish uchun ushbu havolani bosing.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston uchun $300 millionlik rivojlantirish dasturini ma’qullagan edi.