Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik para velosportchi jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

eʼlon qilindi
T1 klassida 11 km masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarida
Foto: Paralimpiya qo‘mitasi

Shveysariya mezbonlik qilayotgan para velosportning shosse bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Aziz Ataxo‘jayev 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, musobaqaning erkaklar o‘rtasida T1 klassida 11 km masofaga o‘tkazilgan vaqt poygasi bellashuvlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aziz Ataxo‘jayev 20 daqiqa 30 soniya natija qayd etib, marraga uchinchi o‘rinda yetib keldi va jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Aziz Ataxo‘jayev ushbu natijasi orqali O‘zbekiston para velosporti tarixida jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan birinchi sportchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempionlari va ikkita medal sohiblari qanday taqdirlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek