Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligiga yangi tayinlovlar e’lon qilindi

Lavozimlarni besh amaldor egalladi
Rasm: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi va idoralarida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.

Xususan, Miraziz Mirsultonov Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Olim Odilov tayinlandi.

Umidjon Ubaydullayev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi bo‘ldi. U sanoatni rivojlantirish masalalariga mutasaddilik qiladi. «Urug‘chilikni rivojlantirish markazi»ga Farhod Isroilov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filialiga Olim Sulaymonov rahbarlik qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shayxontohur tumani sobiq hokimi O‘zR Bandlik vazirligiga rahbarlik qilgani haqida yozgan edi.