Toshkentda havo sifati 13,6 barobar yomonlashgan

eʼlon qilindi
IQAir platformasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: falco / Pixabay

24-sentabr kuni ertalab Toshkent havosidagi PM2.5 zarralari miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan me’yordan 13,6 barobar oshib ketdi, deya xabar berdi IQAir sayti.

Unga koʻra, Oʻzbekiston poytaxtidagi havo aholi salomatligiga zararli hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, PM2.5 chang, avtomobil shinalari, asfalt va og‘ir metall birikmalarining eng kichik zarralaridir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston atrof-muhit ifloslanishi uchun javobgarlikni oshirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek