Yangiliklar

«Saylov – 2024» maxsus platformasi ishga tushdi

Saylovoldi dasturlarni solishtirish imkoniyati mavjud
Foto: farknot / depositphotos

saylov2024.uz elektron platformasi saylovga oid barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Platforma orqali barcha siyosiy partiyalar asosiy g‘oyalari hamda nomzodlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Ushbu platformada saylovga oid eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar ham olish mumkin.

Shuningdek, platforma orqali saylovchilar uchun saylovoldi dasturlarni solishtirish imkoniyati ham yuzaga keladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/09/saloy-1.mp4
Movie: saylov2024.uz elektron platformasi

Bundan tashqari, platformada saylov jarayonlarining barcha bosqichlari haqida ma’lumotlar sodda va xalqchil tilida tushunarli qilib joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan barcha siyosiy partiyalari saylovoldi dasturlarini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.