2028-yilgacha kuchli chang boʻronlari hozirgidan 50 foizga qisqartiriladi

eʼlon qilindi
Yashil qoplamalar ko‘paytiriladi
Foto: Facebook.com

Prezident chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha milliy dasturni tasdiqladi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali ma’lum qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekistonda chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024 – 2030-yillarga moʻljallangan milliy dasturda bir nechta asosiy yoʻnalishlar belgilandi.

Jumladan, chang va qum boʻronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatish uchun ilgʻor texnologiyalar joriy etiladi va barcha hududlarda yashil qoplamalar ko‘paytiriladi.

2028-yilgacha kuchli chang boʻronlar ayni damdagidan 50 foizga qisqartiriladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan poytaxtning 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalar oʻrnatiladi.

2026-yil 1-yanvardan esa poytaxtda oʻrnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi va gidrometeorologik ma’lumotlar berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq M-25 konidan sizib chiqqan vodorod sulfid ikki kishining umriga zomin bo‘lgan edi.

Shuningdek