Yangiliklar

Besh grammlik oltin quymasining narxi 5,6 mln so‘mdan oshdi

Bir grammlik oltin quymasining narxi 1 mln 134 ming so‘m
Foto: serezniy / www.depositphotos.com

Joriy yilning 25-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalarining narxi yana ko‘tarilib 5,67 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, besh grammlik oltin quymasining narxi 5,6 mlndan oshgan bo‘lsa, demak bir gramm oltinning narxi 1,13 mln so‘mga teng bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta mos davrida besh grammlik oltin quymasining narxi  5,43 mln so‘mni tashkil qilgan edi. Bir hafta ichida narx deyarli 4,5 foizga o‘sgan.  

Jahon bozorida ham oltin narxlarida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 24-sentabr kuni kunduzgi hisob natijalari bo’yicha oltin narxi $2628.55, kechki vaqtga kelib esa, $2635.95 natijani qayd etgan. Kechki vaqtga kelib oltin narxi $7,4 ga yoki 0,3 foizga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 24-sentabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalarining narxi deyarli 5,6 mln so‘mga yetgani haqida xabar bergan edi.