DIIHB O‘zbekistonda saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasini boshladi

eʼlon qilindi
Hukumat taklifiga binoan
Foto: Facebook.com

YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) bugun O‘zbekistonda 27-oktabrga belgilangan parlament saylovlarini kuzatish uchun Kuzatuvchilarni yubordi. Bu haqda YXHT rasmiy veb-sayti ma’lum qildi.

Duglas Veyk boshchiligidagi missiya Toshkentda joylashgan 14 nafar xalqaro asosiy guruh ekspertlari va 2-oktyabrdan mamlakat boʻylab joylashtiriladigan 26 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilardan iborat. DIIHB 300 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilarni saylov kunidan bir necha kun oldin kelishini talab qiladi.

Mazkur missiya saylovlarning YXHT majburiyatlariga, boshqa xalqaro majburiyatlarga va demokratik saylovlar standartlariga, shuningdek, milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.

Kuzatuvchilar saylovning barcha jabhalarini, jumladan, saylovoldi va undan keyingi voqealarni yaqindan kuzatib boradi. Amaldagi qonunchilikka rioya etish, saylov kampaniyasining borishi, saylov boshqaruvi organlarining faoliyati, saylovoldi nizolarini hal etish va ommaviy axborot vositalarida yoritish shular jumlasidandir.

Davlat organlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar monitoringning ajralmas qismidir.

Saylovdan keyingi kun missiyaning dastlabki xulosalari matbuot anjumanida taqdim etiladi. Butun saylov jarayonini baholovchi va tavsiyalar beruvchi yakuniy hisobot saylovlardan bir necha oy o‘tgach e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saylov-2024 maxsus platformasi ishga tushgani haqida yozgan edik.

Shuningdek