Dollar to‘rtinchi kun ketma-ket qimmatlashmoqda
eʼlon qilindi
Bugun uning rasmiy narxi qariyb 3 so‘mga o‘sdi
25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 2,82 so‘mga ko‘tarildi va 12 757,65 so‘mni tashkil qildi.
Banklarda AQSh valyutasi 12 695 – 12 720 so‘mdan xarid qilinmoqda va 12 760 – 12 815 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollar 7,54 so‘mga qimmatlashgn edi. Uning qiymati 20-sentabrdan buyon to‘rt kun davomida ketma-ket o‘smoqda.