Mang‘istau – Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in yuz berdi

eʼlon qilindi
Yong‘in “B” seksiyaning turbokompressorlaridan chiqqan
Foto: Eshittilami? / Telegram kanal

Joriy yilning 19-sentabr kuni Mang‘istau – Nukus yo‘lovchi poyezdida yuzaga kelgan yong‘in bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in taxminan soat 14:47 larda yuzaga kelgan. Yong‘in «B» seksiyaning turbokompressoridan uchqun chiqishi hamda vagonlar tutashuvlarda maxsus rezina plastinalarining (selfe) yonishi natijasida yuzaga kelgan.

Yong‘in mashinist tomonidan teplovoz harakat tarkibidan uzilib 15:30 lar atrofida bartaraf qilingan hamda harakat davom ettirilgan. Hodisa natijasida fuqarolarga hamda poyezdga hech qanday shikast yetmagan.  

Yong‘in sabab yo‘lovchi poyezd Nukus stansiyasiga belgilangan jadvaldan bir soat uch daqiqaga kech yetib kelgan.

«Hodisa natijasida mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi va qolgan lokomotivlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha takroriy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor», deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hindistondan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek