Oʻzbekiston xalqaro reytingda elektromobillarning tarqalishi boʻyicha quyi oʻrindan joy oldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston reytingda 16 ta davlat ichida 14-o‘rindan joy oldi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston MDH va BRICS+ mamlakatlarida elektromobillarning tarqalishi boʻyicha quyi oʻrindan joy oldi. Bu haqda Kept konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan reytingda malum qilindi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston mazkur reytingda 16 ta davlat ichida elektromobillarning tarqalishi boʻyicha 14-oʻrinni egalladi. Reytingda yetakchilikni bugungi kunda eng koʻp elektromobil ishlab chiqarayotgan Xitoy egalladi. Keyingi oʻrindan Hindiston joy olgan boʻlsa, Rossiya kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan eng yaxshi koʻrsatkichni Qirgʻiziston qayd etib, reyting jadvalida 7-oʻrindan joy oldi. Shuningdek, Qozogʻiston 9-oʻrindan, Tojikiston 12-oʻrindan joylashdi.

Oʻzbekistonda har ming kishiga toʻgʻri keladigan elektromobillar soni 0,29 tani tashkil etadi. Xitoyda boʻlsa, bu koʻrsatkich har ming kishiga 15 taga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar soni 200 taga yetdi. Ularning asosiy qismini tez zaryadlovchi qurilmalar – 150 ta, sekin zaryadlash qurilmalari – 50 tani tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning yanvar – iyul oylarida Oʻzbekistonga qariyb 10,6 ming dona elektromobil import qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek