O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti $160 mlrdga yetkaziladi – Shavkat Mirziyoyev

eʼlon qilindi
Hozir YaIM ilk bor $100 mlrddan oshdi
Foto: kentoh / depositphotos

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotni (YaIM) $160 milliardga yetkazishni maqsad qilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan OIIB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

«Bizning yalpi ichki mahsulotimiz ikki baravar oshdi va ilk bor $100 milliardga yetdi. Kelasi besh yil ichida biz ushbu ko‘rsatkichni $160 milliardga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz», deya ta’kidladi prezident.

Prezident O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi mamlakatni o‘rta daromadli davlatlar qatoriga chiqarish ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan to‘rt yil ichida kambag‘allik darajasi 23 foizdan 11 foizga qisqargani haqiga xabar bergan edi.

Shuningdek