O‘zbekistonlik sportchi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati medalini qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Dast ko‘tarishda
Rasm: O‘zR MOQ

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyorbek Ermatov og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).

Ermatov 89 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida dast ko‘tarishda eng yaxshi natijani qayd etdi. Shu bilan birga, u siltab ko‘tarishda beshinchi bo‘ldi. Mashqlar yig‘indisi bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi to‘rtinchi o‘rinda.

Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Ispaniyaning Leon shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xusunboy Matrasulov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek