Saida Mirziyoyeva «Silk Roads» ko‘rgazmasi ochilish marosimida so‘zga chiqdi

Londondagi Britaniya muzeyida oʻtkaziladigan «Silk Roads» («Ipak yoʻllari») koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimida Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Britaniya muzeyida oʻtkaziladigan “Silk Roads» koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimida qatnashish – men uchun katta sharaf”, dedi Mirziyoyeva.
Uning qayd etilishicha, koʻrgazmada Oʻzbekiston muzeylaridan toʻplangan, boy tarixiy va madaniy merosimizni aks ettiruvchi nodir, qimmatli osoriatiqalar namoyish qilinadi.

«Ishonchim komilki, ushbu loyiha Ipak yoʻli tarixi va madaniyatiga qiziquvchilarga ilhom bagʻishlaydi, xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, rivojlantirish yoʻlidagi umumiy sa’y-harakatlarimizni ifoda etadi», deya ta’kidladi Mirziyoyeva.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan afg‘on qizlarini o‘qitish loyihasini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.