Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Niyozxo‘jayev Qozog‘iston prezidenti farmoniga asosan II darajali “Достық” ordeni bilan mukofotlangan
Foto: «Dunyo» A.A nashri

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda «Dunyo» nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Niyozxojayev Qirg‘izistonga tayinlanishidan oldin Qozog‘istonda elchi lavozimida faoliyat olib borgan.

Qayd etilishicha, joriy yil avgust oyida Niyozxo‘jayev Qozog‘iston prezidenti farmoniga asosan II darajali «Достық» ordeni bilan mukofotlangan edi.

Elchi Saidikrom Niyozxo‘jayev 2020–2024-yillarda O‘zbekistonning diplomatik missiyalarida rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil O‘zbekistonga yangi elchi tayinlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek