Yangiliklar

Sakkiz oy ichida qancha Onix avtomobil ishlab chiqarilgan

Bu yil ishlab chiqarish 3 ming donaga yoki 16,5 foizga ortgan
Foto: Avtostrada

Joriy yilning avgust oyi sarhisob natijalariga ko‘ra, 21,6 ming dona Onix avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 18,5 ming donani tashkil qilib, bu yil ishlab chiqarish 3 ming donaga yoki 16,6 foizga ortgan.

Qayd etilishicha, faqatgina Onix avtomobili emas, Tracker hamda Cobalt avtomobili ishlab chiqarishda ham o‘sish kuzatilgan.   

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 27,4 ming dona Tracker avtomobili ishlab chiqarilgan, ushbu raqamlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 3 ming donaga yoki 12,1 foizga o‘sgan.

Bunday o‘sish Cobalt avtomobilida ham kuzatilgan. Joriy yilning sakkiz oyi ichida 102 ming dona ishlab chiqarilgan. 2023-yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 65,4 ming donani tashkil qilgan. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 36,6 ming donaga yoki 55,9 foizga o‘sgan.  

Onix, Tracker hamda boshqa avtomobillarga nisbatan Gentra avtomobilini ishlab chiqarish pasaygan (24,3 foizga). Gentra avtomobili joriy yil dastlabki sakkiz oyida 12,8 ming dona, o‘tgan yilning mos davrida esa, 52,6 ming dona ishlab chiqarilgan.   

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Tracker  hamda Onix avtomobillarining narxi oshishi haqida xabar bergan edi.