Markaziy bank rahbari oʻrinbosari Shayxontohur tumani hokimi boʻldi
eʼlon qilindi
Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar beradi

Bobir Abubakirov Toshkent shahri Shayxontohur tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
U 1983 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan va oliy ma’lumotga ega.
2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2015 -yilda esa Yaponiya xalqaro universitetini tamomlagan. 2019-yildan buyon O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari o‘zgargani haqida yozgan edi.