Bobir Abubakirov Toshkent shahri Shayxontohur tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
U 1983 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan va oliy ma’lumotga ega.
2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2015 -yilda esa Yaponiya xalqaro universitetini tamomlagan. 2019-yildan buyon O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari o‘zgargani haqida yozgan edi.