To‘rt yil ichida kambag‘allik darajasi 23 foizdan 11 foizga qisqardi

eʼlon qilindi
Yil yakuniga qadar 9 foizgacha qisqartiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev OBII boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda kambag‘allik 23 foizdan 11 foizgacha qisqarganini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.  

Davlat tahbarining ta’kidlashicha, joriy yil oxiriga qadar kambag‘allik ko‘rsatkichlarini 9 foizgacha qisqartirish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2030-yilga kelib esa, ushbu ko‘rsatkichni ikki barobarga pasaytirish maqsad qilingan.

«Ilg‘or xorijiy yondashuvlar asosida eng quyi bo‘g‘in – mahalla darajasiga tushgan holda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini yaratdik», — dedi prezident.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev 2030-yilga kelib global harorat 1,5 darajaga koʻtarilish ehtimolidan jiddiy xavotirda ekanligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek