Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumaniga Boxodir Gaibnazarov hokim etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Tumanning yangi hokimi 1970-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetining iqtisodchi-tashkilotchi mutaxassisligi bo‘yicha va 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
U 2021-yildan buyon Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida yozgan edi.