Turar joy uchun talaba bilan tuzilgan ijara shartnomalari 21 mingtaga ortdi

eʼlon qilindi
Maʼlum qilinishicha, 1-sentabr holatiga soliq organlaridan 485 mingta koʻchmas mulk ijara shartnomasi roʻyxatga olingan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Turar joy uchun talaba bilan tuzilgan ijara shartnomalari 21 mingga ortdi Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1-sentabr holatiga soliq organlaridan 485 mingta koʻchmas mulk ijara shartnomasi roʻyxatga olingan. Bulardan 339 mingtasi jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan boʻlib, 354 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga bilan solishtirganda ijara shartnomalari soni 16,8 foizga, daromad soligʻi summasi esa 20,5 foizga oshgan.

Shuningdek, yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan 145,7 ming ijara shartnomasi asosida 162,5 mlrd soʻm soliq hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 18,2 foiz va hisoblangan soliq summasi 21,9 foizga oshgan.

Joriy yilda talabalar bilan 71,6 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 108 mng nafarni tashkil etdi. 2023-yilda esa 50,5 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni qariyb 81 ming nafarni tashkil qilgan edi.

Maʼlumot uchun, ijarachilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat OTMlari talabalarga turar joy ijarasi uchun qancha pul berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek