Joriy yilning 26-sentabr kuni soat 19:00 da «Xalqchil IPO» dasturi doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) aksiyalarini ommaviy joylashtirishga bag‘ishlangan Roadshow-taqdimot bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar beradi.
Ushbu dastur O‘zbekiston fuqarolariga yirik kompaniyalar aksiyalarini sotib olish, dividendlar olish va aksiyalar savdosida ishtirok etish imkonini beradi.
«Xalqchil IPO» o‘tkazilishi prezident qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu tadbir doirasida 12 ta davlat korxonasi tanlab olingan bo‘lib, ularning aksiyalari IPO/SPOga qo‘yiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi SPO bilan chiqishi haqida yozgan edi.