2024-yil yakunigacha O‘zbekiston iqtisodiyoti 6 foizga o‘sishi kutilmoqda
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar haqidagi hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024-yilda 6 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, may oyidagi hisobotda moliyaviy institut mutaxassislari respublikaning YaIM o‘sishini 6,5 foiz deb prognoz qilgan edi.
YETTB fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025-yillarda bozor islohotlari va infratuzilmaga bo‘lgan investitsiyalar davom etishi bilan o‘sishi kutilmoqda. Energiya resurslari yetishmasligi esa vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bank mutaxassislari joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,4 foizga o‘sganini ta’kidladi. Bunga pul o‘tkazmalari va sayyohlik oqimining o‘sishi sabab bo‘lgan.
Gaz ishlab chiqarishining pasayishi fonida O‘zbekiston import gaz xaridlarini oshirdi, bu esa $7,3 milliardlik savdo balansida defitsitga olib keldi.
2023-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, inflyatsiya yillik hisobotda 10,5% ni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich esa Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan ancha yuqorida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda moliya bozori va energetika sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun $400 million ajratishi haqida xabar bergan edi.