26-sentabr kuni respublikaning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 26-sentabr kuni Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 23-28 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkent shahrida ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo 28-darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa havo 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo 22-daraja iliq bo‘ladi, kechga kelib havo 8-13 daraja salqin bo‘ladi.