Ehson qilingan pullar «qutqarib olindi»

eʼlon qilindi
O‘g‘ri voqea joyida ushlangan
Foto: Milliygvardiya.uz

Xorazm viloyati Shovot tumani Beshmergan mahallasida joylashgan «Yusuf Hamadoniy» ziyoratgohida ehson qutisidan pul o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya veb-saytida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, holat joriy yilning 25-sentabr kuni ertalab soat 06:15 larda sodir bo‘lgan. Voqea joyida xizmat olib borayotgan qoʻriqlash xodimi noma’lum shaxs tomonidan ziyoratgohga tegishli boʻlgan ehson qutisini ochishga urinayotganini koʻrib qolgan. So‘ng shubhali shaxsni qoʻlga olgan va navbatchilik qismiga xabar bergan.

Ehson qutisidagi pullarni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro ekanligi ma’lum boʻlgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek