Yangiliklar

Hamster Kombat tokeni birjalarda paydo bo‘la boshladi

Tanga $0,0087 narxda sotilmoqda
Foto: Stable Diffusion

Hamster Kombat tokenining listingi turli kripto birjalarda, jumladan, Binance va OKX birjalarida ham chiqa boshladi.

Toshkent vaqti bilan soat 18:20da Binance savdo platformasidagi token $0,0087 ni tashkil qilayotgan edi. Minimalda tanga narxi $0,008135, maksimal qiymati esa $0,013272 ga yetdi.

Bestchange.ru xizmatining katta tahlilchisi Nikita Zuborev Kommersant’ga bergan intervyusida ko‘pchilik Hamster Kombat o‘yinchilarining hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

«Ushbu token nima uchun ishlatiladi, oxir-oqibat kimga keragi qoldi? Hech kimga, ya’ni bu boshqa o‘yin-tokenlari kabi yana bir investitsiya vositasi bo‘lib qoldi. Ayni vaqtda bozorda bunday tokenlardan yuzlab topiladi», deb o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, 20-sentabr kuni tokenlarning qayta taqsimlanishi tufayli Hamster Kombatning birinchi mavsumi yakunlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ILMA Hamster Kombat tokenining noqonuniy savdosi uchun ma’muriy va jinoiy jazolar qo‘llanilishi haqida ogohlantirganini yozgan edi.