Hindistondagi mahalliy festival vaqtida 46 nafar odam cho‘kib ketdi

eʼlon qilindi
O‘lganlarning asosiy qismi ayollar va bolalar
Foto: Sunil Ghosh/Hindustan Times, via Getty Images

Hindiston sharqidagi Bihar shtatida nishonlangan festivalda 46 kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda New York Times xalqaro nashri ma’lum qildi.

Bihar shtati hukumatining bayonotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 37 nafari bolalar, yetti nafari esa ayollardan iborat bo‘lgan.

Asosan Hindiston shimolida va Nepalning ayrim hududlarida nishonlanadigan yillik Jivitputrika Vrat festivali doirasida ayollar 24 soat roʻza tutib, farzandlarining uzoq umri va salomatligi uchun maxsus duolar oʻqiydilar. Ro‘za tutgan soatlarida onalar o‘z mahallasidagi daryo va suv havzalariga, ba’zan bolalari hamrohligida cho‘milish uchun boradilar.

Hindistonning shimoliy qismida festival davomida rasmiylar odatda politsiya xodimlari va g‘avvoslarni suvga tushganlarida kuzatib borish uchun joylashtiradilar. Payshanba kuni Biharda qanday xavfsizlik choralari ko‘rilgani noma’lum edi.

Hindistonda diniy bayramlar paytida o‘limga olib keladigan tiqilinchlar keng tarqalgan, ammo cho‘kish holatlari bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda o‘nlab kishilar umriga zomin bo‘lgan yo‘lbars qo‘lga olingan edi.

Shuningdek