Yangiliklar

Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi
Foto: Muzrabot tumani

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qurbonov Alisher tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Abdurashid Ismailov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Alisher Qurbonov 1973-yilda Muzrabot tumanida tugʻilgan. 1995-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ma’lumoti boʻyicha mutaxassisligi — iqtisodchi-tashkilotchi, yurisprudensiya.

Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda hamda xususiy sektorda mehnat qilgan. Tayinlovga qadar u «Amirqulbobo KAA» fermer xoʻjaligi rahbari boʻlib faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.