Hindistonning Pilibhit yo‘lbars qo‘riqxonasi uch fermerni yeb qo‘ygan va bir necha kishiga hujum qilgan yo‘lbarsni qo‘lga oldi. Bu haqda Devdiscourse nashri ma’lum qildi.
Qo‘riqxona direktori o‘rinbosari Manish Singxning ma’lum qilishicha, yo‘lbars o‘rmondan adashib ketgan va Bansxeda va Raniganj qishloqlaridagi fermerlarga hujum qilgan. Qo‘riqxona xodimlari voqea joyiga yetib borgan va ertalab soat 05:00 atrofida yo‘lbarsni qo‘lga olgan.
Ayni damda yo‘lbars qafasda saqlanmoqda. Uni yana tabiatga qo‘yib yuborish yoki hayvonot bog‘iga jo‘natish borasida hali qaror qabul qilinmadi.
Avvalroq O‘zbekistonda uy hayvonlari identifikatsiya qilinishi haqida yozgan edik.