Yangiliklar

O‘zbekiston prezidenti ACWA Power kompaniyasi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

OIIB Boshqaruvchilar kengashi majlisida
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan bir kun avval investitsiya loyihalari amalga oshirilishining borishi haqida suhbatlashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Uchrashuv Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar energetika, kommunal xo‘jalik, transport va boshqa sohalarda qo‘shma tashabbuslarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirishga kelishib oldi

Mirziyoyev Saudiya Arabistonidan investitsiyalarni O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishda ACWA Power asosiy rol o‘ynashini ta’kidladi.

ACWA Power – elektr energiyasi va chuchuk suv ishlab chiqarish qurilmalarining ishlab chiqaruvchisi va operatori. Yaqin Sharq, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrikaning 13 ta davlatida ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ACWA Power O‘zbekistondagi elektr stansiyalarining 35 foiz ulushini sotgani haqida yozgan edi.