Rasman ishlayotgan pensionerlar soni kamaydi
O‘zbekistonda joriy yil 26-sentabr holatiga ko‘ra, rasman ishlayotgan pensionerlar soni 582,2 ming nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Yagona milliy mehnat tizimi»dan olingan ma’lumotlarga asosan avgust oyiga nisbatan ushbu oyda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 1,5 ming nafarga kamaygan.
Rasman ishlayotgan ayollar 347,4 ming nafar bilan yetakchi bo‘lsa, erkaklar 234,8 ming nafarni tashkil qildi. Davlat tashkilotlarida 240,5 ming nafar (41,3 foiz), xususiy tashkilotlarda esa 341,7 ming nafarni (58,7 foiz) tashkil qiladi.
Ushbu ko‘rsatkichlar hududlar kesimida Toshkent 98,5 ming nafar bilan yetakchi bo‘lsa, Toshkent viloyatida 54,8 ming nafar, Samarqand viloyati 50,2 ming nafar bilan keyingi o‘rinlardan joy olgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy 70 yil deganda ilk bora pensiya yoshini ko‘tarilishi haqida xabar bergan edi.