Yangiliklar

Rossiya O‘zbekistondan rus tilida so‘zlashuvchi bolaga yomon munosabat ko‘rsatganlik haqida ma’lumotlarni so‘ramoqda

Aybdorni jazolash
Rasm: RIA NOVOSTI

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) O‘zbekistondagi hamkasblaridan Toshkentdagi maktablardan birida o‘qituvchi rus tilida so‘zlashuvchi bolaga qo‘pol muomala qilgani bo‘yicha rasmiy tushuntirish berishni so‘radi, deya xabar berdi vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

«O‘zbekiston tomoniga OAVdagi materialga huquqiy baho berish va asosli bo‘lsa, bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan aybdorga nisbatan choralar ko‘rish so‘ralgan,» deya Zaxarovadan iqtibos keltirildi Rossiya TIVning Telegram-kanalida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ommaviy axborot vositalarida tarqalgan qo‘pol muomala aks etgan rolikning mazmuni jabrlanuvchiga hamdardlik va xavotir uyg‘otadi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, davlatlarning strategik sheriklik munosabatlarida «hech qanday adovat bo‘lishi mumkin emas, ayniqsa til bo‘yicha».

Avvalroq OAV va Telegram-kanallarda pedagog o‘z o‘quvchisi bilan bahslashayotgani aks etgan video tarqalgandi. O‘qituvchi bolani yoqasidan tortib, itarib, tomog‘idan bo‘g‘adi va bir necha marta tarsaki uradi. Ta’kidlanishicha, hodisa 188-sonli maktabning 6-sinfida mashg‘ulot paytida sodir bo‘lgan va bolaning darsni rus tilida o‘tkazish talabi bilan bog‘liq.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» O‘zbekistonda «sog‘lom bo‘lmagan ma’rifiy ishlar»ga qarshi kurashishga qaror qilingani haqida yozgan edi.