Rossiya Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
Rossiya Kobul bilan hamkorlik qilish maqsadida Tolibonni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Rossiya TIV o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.
U Rossiya Afgʻoniston hukumati bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi. Biroq terrorchi tashkilot maqomini Tolibondan olib tashlash vaqt talab etadi va Rossiya qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan birga bo‘ladi.
Oktabr oyida Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar uchrashuvi oʻtkazilishi rejalashtirilganini aytdi rossiyalik diplomat.
O‘zbekiston va Turkmaniston MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Afg‘onistonning yangi hokimiyatlari bilan aloqa o‘rnatdi.
2023-yil oxirida Qozog‘iston Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. 2024-yil sentabrida Qirg‘iziston ham xuddi shunday qaror qabul qilgan.
Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi 2003-yilda Tolibonni terrorchi deb tan olgan. Bunga toliblarning Rossiyaga qarshi jihodga chaqirishlari va chechen bo‘lginchilarini qo‘llab-quvvatlashlari sabab bo‘lgan.
Biroq so‘nggi yillarda Moskva harakat vakillari bilan aloqalarni tiklay boshladi. 2022-yilda Moskva Afg‘oniston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda jinoyatchiliklar soni 30 foizga kamaygan edi.