Tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zladi

eʼlon qilindi
TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘z nutqida iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik, shuningdek, tengsizlik kabi e’tibor markazida bo‘lgan muammolarni hal etishda global hamkorlikka chaqirdi
Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasi 79-sessiyasining umumiy muhokamasida so‘zga chiqdi. Bu haqda o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.   

TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘z nutqida iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik, shuningdek, tengsizlik kabi e’tibor markazida bo‘lgan muammolarni hal etishda global hamkorlikka chaqirdi.

«Biz dunyoning ko‘p nuqtalarida notinchliklar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik, texnologik nomutanosiblik kabi dolzarb muammolarni hal qilishda barchani yaqinroq global hamkorlikka chaqiramiz. Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etish bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi», deya ta’kidladi vazir.

Bundan tashqari, vazir O‘zbekiston nomidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlik, ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashishda harakatlarni birlashtirishga oid bir qancha takliflarni ham taqdim etdi.  

Avvalroq Isroildan o‘z harbiy kuchlarini Falastindan olib chiqishga oid BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasini 124 davlat qatorida O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatlagan edi.

Shuningdek