Yangiliklar

Termizdagi afg‘onlar uchun tashkil etilgan ta’lim markazi kengaytiriladi

Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida xabar berdi
Foto: Etilaatroz.com

Oʻzbekiston hukumati Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolari uchun ta’lim muassasasi negizida Global oʻquv markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida xabar berdi.

Unga ko‘ra, Saidov o‘z nutqida mamlakatlarni iqlim oʻzgarishi, texnologik innovatsiyalardan foydalanish, qashshoqlik va terrorizmga qarshi kurash kabi sohalarda yaqin hamkorlikka chorladi.

Shuningdek, O‘zbekiston vakili rivojlanayotgan mamlakatlar huquqlarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va barcha uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishni ta’minlashni taklif qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Termizda Afg‘oniston fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatuvchi xalqaro savdo markazi ochilgani haqida xabar bergan edi.