Uznetdagi domenlar xavfsizligi kuchaytiriladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Uzinfocom vakili dnssec.uz tizimini avtomatlashtirish loyihasini taqdim etdi
                    
                            
UZ domeni ma’muriyati 2024-yilning 24–25-sentabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo tarmoq o‘zaro bog‘liqligi va piring forumi (CAPIF 3)da ishtirok etdi, deya xabar berdi Uzinfocom.
CAPIF 3 forumining tashkilotchilari RIPE NCC, Qirg‘iziston aloqa operatorlari assotsiatsiyasi va «Qirg‘iztelekom» kompaniyasi hisoblanadi. Forumda tarmoq o‘zaro bog‘liqligi va internet infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda UZ domeni ma’muriyatining yagona integratori Uzinfocom vakili dnssec.uz tizimini avtomatlashtirish loyihasini taqdim etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sun’iy intellekt uz zonasida domen nomini tanlashda yordam berishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
