Yomg‘irdan keyin Toshkent havosi yaxshilandi

eʼlon qilindi
IQAir ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Reija Hirvonen / Pixabay

26-sentabr, payshanba kuni Toshkent atmosferasidagi PM2.5 konsentratsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 4,2 baravar koʻp boʻldi, deya xabar berildi IQAir platformasida.

Bir kun avval shahar havosining ifloslanish darajasi 9,5 baravardan yuqori bo‘lgan edi. PM2.5 chang, asfalt va og‘ir metall birikmalarining zarralaridan iborat. PM2.5 nafas yo‘llariga kirib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston va Xitoy tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kuchaytirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek