Joriy yilning 26-sentabr kuni taxminan soat 22:23 lar atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in tumandagi «Chinor» MFY hamda Shirmonbuloq ko‘chasidagi xonadonlarda yuzaga kelgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipaji 22:30 da voqea joyiga yetib borilgan hamda 22:55 da yong‘in o‘chirilgan. Kuchli yong‘in natijasida ikkita uyning 150 kv/m maydonida tom va ichki qismlari zarar ko‘rgan. Hozirda yong‘in sabablari hamda yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
«Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Mang‘istau – Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edi.