Janubiy Koreya hukumati fermerlarga it go‘shtidan bosh tortgani uchun $75 mln to‘laydi

eʼlon qilindi
Va hayvonlar uchun boshpanalar tarmog‘ini yaratadilar
Rasm: Piqsels

Janubiy Koreya hukumati it go‘shti ishlab chiqarishdan voz kechish dasturini amalga oshirmoqda. Fermerlarga ishlab chiqarishni qisqartirish uchun 100 mlrd von ($75 mln) miqdorida subsidiya beriladi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Ushbu to‘lovlardan tashqari, hukumat itlarni saqlash uchun boshpanalar tarmog‘ini tashkil qilmoqchi. Sobiq go‘sht ishlab chiqaruvchilar u yerga hayvonlarni topshirishlari mumkin. Har biri uchun 600 ming von ($452 ) to‘lash va’da qilingan.

«Ko‘pchilik qolgan itlar evtanaziyaga uchrashi mumkinligidan xavotirda (…), bu bizning rejalarimizga kirmaganini ishonch bilan aytishim mumkin,» – deya Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Pak Bom Su iqtibos keltiradi agentlik.

Avvalroq, Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya Milliy assambleyasi (parlamenti) it so‘yishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani haqida yozgan edi. Hujjat 2027-yilda kuchga kiradi.

Shuningdek