Yangiliklar

Klimov Alisher Qodirovning Rossiyani «o‘z muammolari bilan shug‘ullanishi» haqidagi chaqirig‘iga javob berdi

Klimov O‘zbekistonga Ukraina taqdiri haqida eslatdi
Foto: Tass.com

Rossiyalik siyosatchi Andrey Klimov Alisher Qodirov Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysiga bergan javobiga munosabat bildirdi. Bu haqda Lenta.ru ma’lum qildi.

Klimovning ta’kidlashicha, millatlararo munosabatlar juda nozik masaladir.

«Men har qanday voqea haqida darhol bunday ohangda gapirishga qarshiman. O‘qituvchining bu qilgan ishi hech bo‘lmaganda jinoyat, balki undan ham jiddiyroq. Vitse-spikerning aytganlari hayratlanarli. Bunday voqealar buning uchun unumli zamin. O‘ylaymanki, o‘qituvchi deyish qiyin bo‘lgan bu ayol hech qanday geosiyosiy voqealar haqida o‘ylamagan. Ehtimol, ba’zi maishiy omillar bunga ta’sir qilgan bo‘lishi ham mumkin. Keling, bu masalani rasmiy kanallar orqali qanday hal qilishimizni ko‘rib chiqaylik», qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek u Ukrainaning o‘zini shunday tutgani uchun hozir og‘ir ahvolda ekanligini eslatib o‘tdi.

«Uzoq vaqt davomida shunday yo‘l tutgan bir mamlakat bo‘lar edi. Hozir u juda qiyin vaziyatda», degan Klimov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi maktablardan biridagi voqea yuzasidan Rossiya vakili izoh so‘ragan. So‘ng, A. Qodirov «Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Tekis joyda to‘polondan foyda chiqmasligini tushunib yetishdi, degan xulosaga ertaroq shekilli”, degan munosabat bildirgan.