Mirziyoyev bir qator oʻqituvchi va professorlarni taqdirladi
Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida bir qator soha vakillarini taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Ozoda Abdurahmonova va Marhamat tumanidagi 3-maktab-internati matematika o‘qituvchisi Nabijon Akramovga berildi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvonlari Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi maktab o‘qituvchilari Ixtiyor Matmuratov va Ilyos Raupovga ham topshirildi.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi litseyning matematika fani o‘qituvchisi Manzura Ochilova va Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Suyun Karimovga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoni berildi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining o‘qituvchi va mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari turli unvon va medallar bilan taqdirlandi.
Kursiv Uzbekistan avvalroq o‘qituvchilarning oyligi qachon $1000 bo‘lishi haqida yozgan edik.