Oilaviy ajirimlar uchun davlat bojini oshirish kerak – Alisher Qodirov
2024-yil 27-oktabrdagi saylovlar oldidan tashkil etilgan siyosiy partiya raislari debatida «Milliy tiklanish» demokratik paytiyasi raisi ajrimlar, harbiy xizmat, o‘zbek tili rivoji kabi masalalarga e’tibor qaratdi. Debat bir necha telekanallarda jonli efirda namoyish etildi.
«Nafaqat ayollar va erkaklar, balkim 18 yoshga to‘lgan, biroq oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kira olmagan yoshlarning barchasi majburiy harbiy xizmatni o‘tashi kerak».
«O‘zbek tili rivojlana olmasdan ortda qolib ketmoqda, Shu sababli «Davlat tili to‘g‘risidagi qonun»ni yangi tahrirda qabul qilishni ta’minlaymiz. Hammamiz o‘z milliy o‘zbek tilimizni rivojlantirmasak, davlat tili bo‘yicha qonunchilik atrofida barchamiz birlashmasak qonun qonunligicha qolib ketaveradi va o‘zbek tilimiz rivojlanmaydi».
Shuningdek, Alisher Qodirov raisligidagi partiya pedagoglar faoliyatini isloh qilish masalasini ham olg‘a surdi. Jumladan, abituriyentlarni Pedagogika universitetlariga pedagogik qobiliyatiga qarab olish taklifini berdi.
«Oilaviy ajirimlar uchun davlat bojini oshirishni taklif qilmoqdamiz, lekin kambag‘al oilalarga sud qarori chiqarilayotgan vaqtda sudlar tomonidan oilaning kambag‘allik darajasi inobatga olinadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijdagi o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berishi uchun yangi sayt ish tushgan edi.