Yangiliklar

O‘zbekiston kichik GESlar uchun ikkita daryoni to‘g‘onlar bilan yopdi

Chotqol va Ugam daryolari
Foto: Rivers. Help

O‘zbekistonda Chotqol va Ugam daryolari to‘g‘onlar bilan yopildi, u yerda GESlarning qurilishi esa ekotizimga tahdid solmoqda. Bu haqda YUNESKO va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) ning qo‘shma missiyasi «G‘arbiy Tyan-Shan» transchegaraviy Butunjahon tabiiy merosi obyektining holatini baholash uchun Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrifida so‘z bordi.

O‘zbekistonda Butunjahon merosi obyektiga kirgan Chotqol va Ugom daryolari allaqachon to‘g‘on bilan yopilgan. «Chegara bilmas daryolar» ekspertlari hozir buldozerlar va ekskavatorlar Ugom daryosi o‘zanini buzib, sun’iy kanal qurish va uni betonlayotganini aniqladi.

“O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Butunjahon merosi uchastkasida GES va avtotrassa barpo etishdagi ehtimoliy ishtirokiga kelsak, bu YUNESKOning Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasini qo‘pol ravishda buzish bo‘ladi», — ta’kidlaydi «Chegara bilmas daryolar» bosh mutaxassisi Yevgeniy Simonov.

Missiya natijalari to‘g‘risidagi hisobot YUNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining keyingi sessiyasida Bolgariyaning Sofiya shahrida taqdim etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan suv muammosi O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan kelishmovchilikka olib kelishi haqida yozgan edi.