O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari uchrashdi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi
Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari davlatlarning o‘zaro ichki ishlariga aralashmaslik masalasini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

«O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi ta’kidlandi. Biz ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotimizni davom ettirishga kelishib oldik», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 188-maktabda o‘qituvchi hamda o‘quvchi o‘rtasida yuzaga kelgan holat bo‘yicha Rossiya Tashqi ishlari vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova tushuntirish so‘ragan edi. Shundan so‘ng deputat Alisher Qodirov bizning ichki ishlarga aralashish shart emas degan, mazmunda javob qaytargan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek