Toshkentda “Turkiy davlatlar iqtisodiyoti» kitobining muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda «Turkiy davlatlar iqtisodiyoti» kitobiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda turli turkiy mamlakatlardan 35 nafar olim mintaqaning so‘nggi 10-yildagi iqtisodiy holatini tahlil qildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Davra suhbatining maqsadi — turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qilish, fikr almashish va mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘llarini topishdan iborat. Tayanch mavzu: «Turkiy dunyo. 2040-yilga nigoh».
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori doktor Obid Hakimov kitobni turkiy makonning iqtisodiy dinamikasini tushunish uchun muhim deb hisoblaydi. Shuningdek, u O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdoni $1 milliardga yetkazish salohiyatini o‘rganish maqsadida Markaz delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifini eslatib o‘tdi.
CAERC ijrochi direktori Vusal Gasimli kitobni mintaqadagi iqtisodiy hamkorlik uchun «yo‘l xaritasi» deb atadi. Bu nafaqat turkiy dunyo, balki boshqa mamlakatlar kelajagi uchun ham muhim ekanini ta’kidladi.
Taqdimot davomida quyidagi asosiy xulosalar, yani Importchi va eksportchining YaIMi savdoga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikni tasdiqlaydi, aholining o‘sishi qo‘shimcha iste’mol bozorlarini yaratadi, umumiy chegaraning mavjudligi savdo hajmini oshiradi, geografik yaqinlik va madaniy o‘xshashlikning muhimligini ta’kidlaydi.
CAERC tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, turkiy davlatlar katta iqtisodiy salohiyatga ega. 2023-yilda a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti jahon yalpi ichki mahsulotining 1,7 foizini, umumiy tashqi savdo aylanmasi esa taxminan $1,2 trillionni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston TDT mamlakatlari bilan faol savdo qildi, umumiy savdo aylanmasi $10 milliardni tashkil etdi. Eksport $3,6 milliardga, import esa $6,4 milliardga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foizga ko‘pdir.
TDT O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasining 16 foizini tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan turkiy dunyo kreativ yoshlari markazi O‘zbekistonda tashkil etilishini yozgan edi.