Toshkentda 2024-yil boshidan buyon 200 ta sanoat loyihasi amalga oshirildi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Bir kun avval davlat rahbari qurilish, sanoat, ta’lim va turizm loyihalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
To‘qqiz oy ichida shaharda $2 milliardga yaqin investitsiya o‘zlashtirildi. Sanoat sohasida 200 ta loyiha ishga tushirildi. 25 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi bozor majmuasini barpo etishmoqchi ekani haqida yozgan edi.