Yangiliklar

Alisher Usmonga tegishli kompaniya Ukraina hukumatiga sud bilan tahdid qildi

Davlat foydasiga 4,5 milliard rubldan ortiq temir ruda musodara qilindi
Foto: Кирилл Кухмарь / ТАСС

Ukraina sudi Alisher Usmonovga tegishli USM holdingining aktivlarini, jumladan, temir ruda mahsulotlari va IT-kompaniyani musodara qildi. Kompaniya esa bu qarorni javobsiz qolmasligini ma’lum qildi, deya xabar berdi RBK nashri.

Ma’lum qilinishicha, USM’ning press-relizida, aktivlarning noqonuniy ravishda to‘silib, ikki yildan ortiq vaqt davomida Ukraina hududida saqlanganligi qayd etilgan. Bundan tashqari, kompaniya Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan oldin «Metalloinvest» temir rudalarini Ukraina orqali xalqaro bozorlarga yetkazib bergan.

Shundan so‘ng mamlakat hukumati yetkazib berishni to‘xtatdi va mahsulotlarni «har qanday qonuniy asoslarsiz» musodara qildi. 25-sentabrda Ukraina oliy anti-korrupsiya sudi Adliya vazirligining Usmonov aktivlarini milliylashtirish bo‘yicha da’vosini qondirdi.

Davlat foydasiga 4,5 milliard rubldan ortiq 165 ming tonna temir ruda va Peter-Service Ukraina kompaniyasining 100 foiz kapitali musodara qilindi.

Adliya vazirligi musodara 2022-yilda biznesmenlarga qarshi kiritilgan sanksiyalar doirasida amalga oshirilganini ma’lum qildi. USM bu qarorni sudlarda rad etishga va xalqaro hamjamiyatdan ukrain hukumatining harakatlariga obyektiv baho berishini talab qilmoqda.

Usmonovning mol-mulki 2024-yilda Forbes tomonidan $13,4 milliard deb baholandi va u Rossiya hukumatiga yaqinligi sababli sanksiyalar ostiga tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bloomberg tuzgan reyting natijalariga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligini $15,4 milliardga baholangani haqida xabar bergan edi.