Yangiliklar

Xorijdagi o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berishi uchun yangi sayt ish tushdi

Sayt saylovchilar ro‘yxatiga kiritishga elektron murojaat qilish imkonini beradi
Foto: Vichie81 / depositphotos.com

O‘zbekistonda joriy yilning 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan parlament saylovlarini o‘tkazish uchun saylov.mfa.uz sayti ishga tushirildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur sayt O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolariga konsullik hisobida turmasdan ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatiga kiritishga elektron murojaat qilish imkonini beradi.

Mazkur platforma orqali xorijdagi fuqarolar eksterritorial tamoyili asosida o‘zlari tanlagan saylov uchastkasini o‘zgartirish imkoniyati qo‘shimcha qulaylik sifatida joriy etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan saylov2024.uz elektron platformasi ishga tushgani haqida xabar bergan edi.