YaIMni odam boshiga $4 mingga yetkazamiz – O‘zLiDeP

eʼlon qilindi
2023-yilgacha
Foto: Saylov 2024 Telegram kanali

Siyosiy partiya raislari o‘rtasidagi debatda O‘zLiDeP raisi Aktam Hayitov yaqin 6 yil ichida YaIMni oshirish va boshqa masalalariga doir takliflar berdi. Debat Uzreport TV, Sevimli, RTV, My5, Zo‘r TV, Dunyo bo‘ylab hamda Foreign Language telekanallarida uch tilda berib borildi.

«2030-yilga qadar YaIMni $160 mlrdga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIMni $4 mingga yetkazamiz».

«Tadbirkorlik subyektlari va fermerlar faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlariga qat’iy choralar ko‘rishni ta’minlaymiz».

«So’z erkinligini ta’minlash, ochiqlik siyosatini davom ettirish partiyamizning saylovoldi dasturida asosiy maqsadlardan biridir».

Shuningdek, partiya raisi A. Hayitov ish beruvchi va ishga olinuvchi o‘rtasida teng mehnat munosabatlar bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saylov-2024 maxsus platformasi ishga tushgani haqida yozgan edik.

Shuningdek