Yandex Go xizmati Jizzaxda ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Minimal yo‘l haqi 2,5 ming so‘mni tashkil qiladi
Foto: Yandex

Yandex Go xizmati Jizzax viloyatida ham ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xizmatda foydalanish uchun, App Store yoki Google Play orqali Yandex Go’ning bepul mobil ilovasini yuklab olish va u yerda akkaunt yaratish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, yo‘l haqi naqd pul orqali yoki biriktirilgan plastik kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Xizmatga buyurtma berish uchun manzilni kiritish yoki xaritada nuqtani belgilash yetarli bo‘ladi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, minimal yo‘l haqi 2,5 ming so‘mni tashkil qiladi. Yandex Go ilovasi xaritalar, navigatsiya va buyurtmalarni taqsimlashga oid Yandex texnologiyalaridan ham foydalanadi.

Ma’lumot uchun, ushbu xizmat Jizzaxdan tashqari O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva va Guliston kabi 14 shahrida ham mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yandex Go ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek